Seni sevaman (исполнитель: Benom)

Seni birinchi bor ko'rganimda,
Ko'zlaringdan nur yog'ilardi go'yo
Farishta misol beg'ubor, jilovlanding ko'zoldimda
Bu kipriklar, bu lablar
Hech kimda yo'q tabassum
Meni o'ziga bir umr sehirlab qo'ydi
Sen esa menga qarab turarding

Sehrli ko'zlar
Betakror bu kipriklar
Yuragim qiynar

Sening nigohing
Tanam uzra hayajon shu on
Yana uyg'otar

Bu yellar (atring yellaydi)
Bu yo'llar (senga chorlaydi)
Qalbim bir so'zni takrorlar

Seni sevaman... bor vujudim bilan
Seni sevaman... sevaman chin dildan
Hijrondan tinmasman
O'zimga sig'masman
Yolg'izim seni sevaman
Sevaman...

O'shanda men angladim
Sen, meni bir umir qidirgan,
Orzu qilgan...
Ertaklardagi malikamsan

Vujudim to'zon
Sening bir nigohingdan
Qarashingdan

Shirin kulgular
Bunchalar yoqimlisan
Beg'uborsan

Ayt ayt, nega yana ayt
Ko'rganimda seni yuragimda hayajon shu payt
Sen, sen yana qarab turasan
Nigohingla meni yuragimga olov solasan
Nozik qo'lchalaringdan mayin bu sochlaringdan
Kulganingda jilovlangan shirin kulgichlarindan
Naqadar beg'uborimsan, ayt

Lablaring (gulga o'xshaydi)
Vaslingdan (oy uyaladi)
Ko'zlarim hech senga to'ymaydi 

Seni sevaman... bor vujudim bilan
Seni sevaman... sevaman chin dildan
Hijrondan tinmasman
O'zimga sig'masman
Yolg'izim seni sevaman

Seni sevaman...[3x]

Baribir sevaman...
Sevaman...
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Видео к песне:
Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Наше Дело  На коми языке  Terry grant  Yozoh again  Lawanda nebanano 
О чем песня
Benom - Seni sevaman?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен