Hazon♪♫ (исполнитель: Benom)
Qayt! Sen yonimga qayt! Mendan uzoqlashma shu payt! Baxtli kunlarim, qayt, yiroqlashma. Tun! Yolgʻiz boʻlma, tun! Dardlarimning mahzuni uzun. Qaygʻuli kunlarimdan yoʻq mazmun. N a q a r o t: Balki, endi farqi yoʻq? Sevgidan najot yoʻq? Baxt bermay ketgansan, Unutib boʻlgansan. Lek – senga farqi yoʻq, Mehring goʻyo yiroq. Tuygʻularim sarson, Sensiz umrim xazon. Dard, yana oʻsha dard, Betinim hasrat yuragimni qiynar, Faqat bu yoʻli kesilar Baxtning oʻtgan kunlarida Goʻyo botar. Xazon, tuygʻularim xazon, Nega yana azob Atrofim egallar? Yigʻlar, orzularim yigʻlar, Yuragim senga tinmay shoshilar. N a q a r o t: …………. Yana xazonlar, Yana oʻsha koʻz yomgʻirlar Tinmay izlatar Seni bu sogʻinchli kunlar. Tomchi koʻz yoshlar, Oʻsha va`dalar qilar alam. N a q a r o t: ………….