Отсутствует (исполнитель: Неизвестен)

Zulmat ichra o‘tar mening tunu kunim,
Men ham sizday ko‘rgim kelar oy-quyoshni.
Lek taqdirdan nolimasdan yashaymankim,
Faryod solib, toshga urmam aziz boshni.
Shukr deyman, oyoq-qo‘lim salomatdir,
Gar nolisam, bu xudoga malomatdir.

Ming bor shukr, ko‘kka yetar bo‘ylarimiz,
Har kun to‘yga ulanmoqda to‘ylarimiz.
Tirik jonning rizqin berar qodir xudo,
Elga tinchlik so‘rar duo, kuylarimiz.
Ne’matlarning eng yaxshisi halovatdur,
Gar nolisak, bu xudoga malomatdur.

To‘rt yonimda topganim – chin [bad word] do‘stlar,
Bilinmaydi uncha-buncha kamu ko‘stlar.
Farzandlarim kulgusini [bad word] bas,
Xotirjamman, ko‘rmasa ham mayli ko‘zlar.
Qalbing bilan ko‘rish ham bir karomatdir,
Gar nolisam, bu xudoga malomatdur.

Kimga erta, kimgadur kech kelgay davron,
Kimlargadur shu kunlar ham bo‘lgan armon,
Sinovlarga sabr qilmoq qanday go‘zal,
Shunda o‘zi qo‘llar bizni buyuk rahmon.
Shukr qilmoq mo‘minlikdan dalolatdur,
Gar nolisak, bu xudoga malomatdur.

Ne’matlarning eng yaxshisi halovatdur,
Gar nolisak, bu xudoga malomatdur.
Tiriklikning o‘zi ham zo‘r mukofotdur,
Gar nolisak, bu xudoga malomatdur.
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Die Die My darling  Shock  Сегодня ночью - Малышка Лу  Волшебники двора 100 дней после детства  I understand you  Scooter - Ramp  Наливай да пей 
О чем песня
Неизвестен - Отсутствует?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен