Men o`zimni sevaman (исполнитель: Tohir Mahkamov)

Men o`zimni sevaman, menga o`zim yoqadi.
Endi menga baribir, kim qanaqa boqadi.
To`nim kalta va lekin yo`qdan ko`ra shukr bor,
Bu dunyoda hech odam emas mendek baxtiyor.
Gap [bad word] jilmayib, kaltak yesam kulaman.
Chap yuzimga urishsa, o`ngin tutib turaman.
Yurak degan qabrga armonimni ko`mganman
Va ustida bolamga o`yin tushib berganman.
Har tong qarab oynaga, deyman "mening g`amim yo`q".
Men sog`lomman, men zo`rman, tashvishim yo`q, kamim yo`q
G`animlarim bor, lekin men ulardan qarz emas.
Hech qaysisi jonimni tikishimga arzimas.
Homush bo`lar ba`zilar sochin oqin sanashib,
Menga esa turibdi, ajinlar ham yarashib.
Tikan tikan, gul terdim, har narsa o`z holicha.
Azizlarim, dunyoni - qabul qiling boricha.
Oson yashay desangiz, maslahatim olvoling:
O`zingizni ozgina jinnilikka solvoling.
Yashashga emas bizni, imtixonga tashlabdur.
Pirim o`sha kovushsiz, devona-i Mashrabdur.
Ko`ylagimni so`rashsa, to`nimni ham beraman.
Tikanlarning ichidan gullolalar teraman.
G`am so`zidan o`zimga shodlik so`zin yasayman
Men shunaqa, o`zimni hursand qilib yashayman.
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Видео к песне:
Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Selest  Adamant феназепам  Мы не птицы песня  Fiesta family-ты мой  Босяк-а-ты-прости  Песня про алфавит  Ты самая кайфовая моя дурь Am-Di  Bagi- мен саган лайыкты емеспин 
О чем песня
Tohir Mahkamov - Men o`zimni sevaman?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен