Shekspir (исполнитель: Radius 21)

Ishonaman, aytganlaring samimiy 
Lekin birdek tutolmaymiz mayli rag'batni 
Ehtirosning mahsulidir ahd ila paymon 
Ammo o'sha olov bir kun so'nar begumon 

Butoqdagi meva rosa pishgandan keyin 
Bir kun yerga shart uzilib tushmog'i tayin 
Yashash uchun qasamlarni unutish lozim 
Qasamlarki shosha pisha ichamiz doim 

Yolg'iz bitta rag'bat uchun yashamaymiz bas 
Almashinib turar bizda ishtiyoq, havas 
Alvon-alvon suratida sevinch va qayg'u 
Bir-birini suvoradi, suradi yog'u 

Sevinch degan ko'rinadi qayg'uga qarab 
Qayg'uni ham sevinch bilan ishi yo'q sira 
Hamma narsa muvoqiddir, foniydur hayhot 
Qaydan ketsa muhabbatning umriga sabot 

Kim kimniki, buni hali yechmoq kerakdir 
Taqdirni ishq yuritarmi yo ishqni taqdir 
Yiqilganda do'stlaring ham yuzin o'girar 
Yuksalganda dushmanlaring do'st bo'lib turar 

Xo'sh, nimadir ataymi yo tasodifmi bu 
Kimki do'stdan bezor bo'lsa, uning do'sti mo'l 
Do'stga muhtoj bo'lib do'stni o'ylagan odam 
Oxir dushman qilib qo'yar yolg'iz do'stni ham 

Boshlagandim, o'sha gapga qaytaman yana 
Dunyo degan tuganmas bir tasodif xona 
Kerak paytda bizning izmu-ixtiyorda bas 
Orzu qilar, istak qilar mahsuli qolmas 

Siz ikkinchi er qilishdan etsangiz xazar 
To birinchi bevalikka yetgunga qadar 

Taqdir shartlariga berolmay bardosh 
Tashlab ketdi mana yosh bir qalam-qosh 
Bir deganda ketdi ham do'st ham sirdosh 
O'ylab ko'r, sababi nima? maosh 

Masofa cheksiz, azizim mensiz 
Qaylarda qoldi endi bizni ahdu-paymon 
Azizim mensiz, masofa cheksiz 
Umr bo'yi bo'lamiz pushaymon 
Poyimda dengiz, men esa sensiz 
Nega xayollarim narigi sohil tomon 
Poyimda dengiz, sohilda yolg'iz 
Masofa bepayon, masofa bepayon
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Видео к песне:
Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Плачет девочка в автомате  Российский Дед Мороз  Любимая - любимая  Я твоя жена  Dope Now 
О чем песня
Radius 21 - Shekspir?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен