NIMA QILDIK VATAN UCHUN (исполнитель: Yulduz Usmonova)

Boshing egib ta'zim ayla, shukrona ayt
Seni guldek erkalagan chaman uchun
Osmonlarda yurgan bo'lsang tuproqqa qayt
Aytgil do'stim nima qildik vatan uchun

Ko'zi qora, yuragi oq shu el uchun
Tuproq uchun, shu yurt uchun, chaman uchun
Ulug' inson boshlab bergan shu yo'l uchun
Aytgil do'stim nima qildik vatan uchun

Elim uchun, yurtim uchun
Yaratmishdir bizni Xudo vatan uchun
Nima qildik vatan uchun
Kerak bo'lsa jonim fido vatan uchun

Qachongacha qorning o'ylab o'tadursan
Qachongacha ko'kdan chalpak kutadursan
Axir vatan bitta, sen ham bittadursan
Aytgil do'stim nima qildik vatan uchun

Buncha bino qoymang zarrin choponlarga
Saratonda yaproq bo’lgin dexqonlarga
Suyangani tayoq bolgin choponlarga
Aytgil do’stim nima qildik vatan uchun?

Hech kimdan kam emassan, kam bolmagaysan
Yerda qolsang quyosh bolib kulmagaysan
Qachon belni maxkam tortib bog’lagaysan
Aytgil dostim nima qildik vatan uchun

Shu soylardan suvlar urgin yuzinga sen
Bir bor nazar solgin bosgan izinga sen
Shu savolni berib ko’rgin o’zinga sen
Aytgil do’stim nima qildik vatan uchun
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Видео к песне:
Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Косил ясь  Ты марячка я маряк  Poets of the fall fire  Спектакль окончен  Свобода словетский баста  Ленинград Ласточка 
О чем песня
Yulduz Usmonova - NIMA QILDIK VATAN UCHUN?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен