Yomgir (исполнитель: Kumush Razzoqova)

Qiynaladi oftobni kutib,
Yomg‘irlardan charchagan shahar.
Uxlab qolding, yig‘lab, qon yutib,
Ko‘ringanda ufqda sahar.

Men taqdirdan hech nolamayman,
Gar almashdi shomga tongimni,
Olib keldi bu oqshom bilan
Uzoqlarda qolgan jonimni.

Yomg‘ir yog‘di mayda-maydalab,
Mayda-mayda bo‘ldi yuragim.
Tong otguncha qayta-qaytalab,
“Sevasanmi?” - deya so‘radim.

Sen hech narsa qilmading talab,
Ming o‘rgilding qoshu ko‘zimdan,
Sening qora sochlaring silab,
Shu tun kechdim xatto o‘zimdan.

Qiynaladi oftobni kutib,
Yomg‘irlardan charchagan shahar.
Sen ketasan qayga, qon yutib,
Meni qayga boshlaydi sahar?
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Видео к песне:
Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Title Fight Neck Deep  Title Fight Like A Ritual  Title Fight Secret Society  Title Fight Make You Cry  Title Fight Sympathy  Title Fight Frown  Title Fight Calloused 
О чем песня
Kumush Razzoqova - Yomgir?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен