Ikki ko'z (исполнитель: Ahror Usmonov)

Ikki ko'z ko'r bo'lsa bo'lsin, 
Qalb ko'zing ko'r bo'lmasin.
Ikki ko'z ko'r bo'lsa bo'lsin, 
Qalb ko'zing ko'r bo'lmasin.

Tilda boling bo'lmasa xam, 
Tilda zaxring bo'lmasin, 
Tilda nuqson bo'lsa aytmas, 
Ko'z hayosiz bo'lmasin, 
Molu-mulk yo'q bo'lsa bo'lsin, 
Tanda darding bo'lmasin.

Molu-mulk yo'q bo'lsa bo'lsin, 
Tanda darding bo'lmasin. 
 
Yorsiz o'tsa o'tsin umring, 
Bevafo yordan ko'ra, 
Dushmaning dono bo'lsin, 
Do'sti nodondan ko'ra, 
Ko'zi to'q miskin g'anidur, 
Ko'zi och boydan ko'ra, 
Gavda kalta bo'lsa bo'lsin, 
Aqli kalta bo'lmasin.
 
Gavda kalta bo'lsa bo'lsin, 
Aqli kalta bo'lmasin.
 
Tinchi bor bir kulba yaxshi, 
Marvarid koshonadan, 
Burda noning yaxshiroq, 
Minnati bor oshdan, 
Yetti yot, Yetti yot begona yaxshi, 
Oqibatsiz qarindoshdan, 
Yuzda dog'ing bo'lsa bo'lsin, 
Dilda dog'ing bo'lmasin.
 
Yuzda dog'ing bo'lsa bo'lsin, 
Dilda dog'ing bo'lmasin.

Millatin sevgandan foyda, 
Millatin sotgan zarar. 
Ilmi bor fosiqdan foyda, 
Ilmi yo'q joxil zarar, 
Avvaling xor bo'lsa bo'lsin, 
Oxiring xor bo'lmasin. 

Avvaling xor bo'lsa bo'lsin, 
Oxiring xor bo'lmasin.

Ikki ko'z ko'r bo'lsa bo'lsin, 
Qalb ko'zing ko'r bo'lmasin.
Tilda boling bo'lmasa xam, 
Tilda zaxring bo'lmasin, 
Molu-mulk yo'q bo'lsa bo'lsin, 
Tanda darding bo'lmasin. 
Avvaling xor bo'lsa bo'lsin, 
Oxiring xor bo'lmasin. 
Yuzda dog'ing bo'lsa bo'lsin, 
Dilda dog'ing bo'lmasin. x3
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Видео к песне:
Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Young Love Tell Me  Young Love Close Your Eyes  Аккорды Белый конь  Ich verschwinde Juli  Rainbow Sugar Ray  Евгений осин не верю  Rihanna-california king bed 
О чем песня
Ahror Usmonov - Ikki ko'z?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен