Hazon (исполнитель: Otabek Mutalxo'jayev)
Hazon ingrar qadamimda, Hiyobonlar yolg'iz kezdim, G'am bilmagan bola edim, Bugun ko'nglim g'arib sezdim. Qaydan seni uchratdim men, Tanimasam bo'lmasmidi, Buncha senga bog'landim men? Sevgi uchar yelmasmidi? Naqorat: Kelib-kelib, kelib-kelib Senga tushib ishqim mani, So'zim yig'lar zor-intizor, Bag'rim ezar rashkim mani. Ko'ngil zori, dil ozori, Umidsiz sevgi azobi. Hech ketmaydi hayolimdan, Mast qildimu ishq sharobi. Shodon o'ynar favvoralar, Meni holim bilmaydilar Tuyg'ularim ovoralar, Hazonlarga o'xshaydilar. Naqorat: Kelib-kelib, kelib-kelib Senga tushib ishqim mani, Sozim yig'lar zor-intizor, Bag'rim ezar rashkim mani.