Sensiz [demo version] (instr. from Eminem) (исполнитель: nepstr)
[ Naqorat ] Sensiz men, qolaman, balki yashay olaman Bir kun vaqti kelganda, bu dunyoda o'taman Mensiz sen qolasan, balki yashay olasan O'zga bilan bo'lsa ham, sen baxtingni topasan [ 1 kuplet ] Qorong'u Tun, ketidan kun, xuddi yildek o'tayapyti men uchun bugun To'rt devorli xonada, achinarli ahvolda, o'tiribman bir o'zim, bu xonani to'rida Suratinga termulib, ko'zim asta yumulib, bu dunyodan o'taman armonlarga ko'milib Hayot o'zi bir bo'lim, sen tomon so'ngi yo'lim, uzataman bu qo'lim, menga yaqindir o'lim Men ketarman sensiz, sen qolarsan mensiz, afsus qilib yig'lmagin, kech bo'ldi essiz O'zga bilan ketding, maqsadinga yetding, qani menga ayt endi qanday chidadi beting Ha men aybdor, ha menman gunohkor, sen oppoq qiz farishtasan buni etmagin takror Meni katta aybim, senda edi qalbim, senga baribir edi, barcha meni dardim [ Naqorat ] Sensiz men, qolaman, balki yashay olaman Bir kun vaqti kelganda, bu dunyoda o'taman Mensiz sen qolasan, balki yashay olasan O'zga bilan bo'lsa ham, sen baxtingni topasan [ 2 kuplet ] Bilganim o'zing, sevganim o'zing, hammasi nuqta qo'ydi bu so'nggi so'zing. Buni sezar yuragim, yolg'iz o'zing keragim, mayli mensiz baxtli bo'l, shudir so'ngi tilagim Qiynamagin o'zingni, o'ylamagin meni, nam etmagin ko'zingni, tark etaman seni Balki shudir taqdir, seni sevdim axir, muhabbatim sezmading, buncha bo'lding toshbag'ir So'ndi orzu-havas, boqsha narsa kerakmas, ko'zlaringa bir boqib so'ngi bor olay nafas Yumuladi ko'zlarim, unutmagin so'zlarim, hayotimda eng baxtli senla o'tgan kunlarim [ Naqorat ] Sensiz men, qolaman, balki yashay olaman Bir kun vaqti kelganda, bu dunyoda o'taman Mensiz sen qolasan, balki yashay olasan O'zga bilan bo'lsa ham, sen baxtingni topasan