Qaniydi Seni [www.Voydod.net] (исполнитель: Benom)

Juda chiroylisan, juda ham go'zalsan,
Bunga gumon yo'q sira.
Butun chiroyingga butkul ishongansan,
Atrofdan bir o'zingga qara.

Qara senga tuyg'u, bo'lib qolgan kulgu,
Asling chiroyingga berkingan.
Qara muhabbatin, senga izhor etsa,
Sen emasmi bundan jirkangan.

Gohi rad etasan, gohida umid berib,
Sevgi bilan o'ynaysan.
Senga ko'ngil qo'ygan necha yuraklarni,
Dardi bilan hech qiziqmaysan.

NAQORAT:
Qaniydi seni ko'rmaganimda,
Ismingni hatto bilmaganimda.
Qaniydi bir tun o'ylamay yotsam,
Unutsam seni uygonganimda.

Qaniydi seni sevmaganimda,
Xusning ortida o'zga bo'lganida.
Qaniydi seni bag'rimga bosib,
Beg'uborim, - deb aytolganimda.
Afsus bular armon...
Afsus bular armon...

Goh dili vayronman, gohida hayronman,
Senga farqi yo'q sen kim bilan.
Mayli men ko'nikdim, seni sevganlarni,
Jazolama sevgisi bilan.

Ko'nikdim sevmaysan, ko'ndim o'ylamaysan,
Tuyg'u sen uchun bir o'yinchoq.
Go'zal yaralgansan, seni sevganlarni,
Qiynash uchun yaralgan qo'g`irchoq.
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Видео к песне:
Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Around The World (Radio Edit) The Disco Boys  See Your Face feat Riya Total Science  Скет данс  Фирдус тямаев резеда ахметвалиева  Тайна Zorge  Eyes Give In Lusine  ATL – Pussypower  Доктор чужестранец 
О чем песня
Benom - Qaniydi Seni [www.Voydod.net]?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен