Ota uyning ostonasi (исполнитель: Farhod va Shirin)

Bo‘y yetganda go‘zal qalam qoshmi qizlar,
Palahmonlar olib otgan toshmi qizlar,
Qadrdonlar ko‘zidagi yoshmi qizlar?
Derlar bari bo‘lib taqdir xayronasi,
Xayr endi ota uyning ostonasi,
Xayr endi ona uyning ostonasi.

Osonmidi bir niholdan gul tuzmoqlik,
Atrofida yurib yelib yo‘l tuzmoqlik,
Qanday bo‘lar ekan endi dil uzmoqlik?
O‘tmay qolar hech biror bir qahonasi,
Xayr endi ota uyning ostonasi,
Xayr endi ona uyning ostonasi.

Nahot endi boshidan suv o‘girmaslar,
Ko‘ngil uchun ko‘ngil so‘rab o‘tirmaslar,
Yuraklarda baxtli bo‘lgin degan saslar,
Bolalikning, erkalikning koshonasi,
Xayr endi ota uyning ostonasi,
Xayr endi ona uyning ostonasi.

Qiz bola shu uzib ketar band-bandingdan,
Mehmon-mehmon o‘yin qolar farzandingdan,
Rozi bo‘lgin ey xonadon dilbandingdan,
Shu ekanda qiz bolaning peshonasi,
Xayr endi ota uyning ostonasi,
Xayr endi ona uyning ostonasi.

Osmonda oy to‘lin bo‘ldi, to‘lin bo‘ldi yor-yor,
Qiz bolamiz kelin bo‘ldi, kelin bo‘ldi yor-yor,
Borgan joyi taxtli bo‘lsin, taxtli bo‘lsin yor-yora,
Taxtli bo‘lsin.
Kelin-kuyov baxtli bo‘lsin, baxtli bo‘lsin yor-yora,
Baxtli bo‘lsin.
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Видео к песне:
Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Mors Principium Est I Will Return  День рождения папа  Mors Principium Est Birth of the Starchild  Mors Principium Est Bringer of Light  Mors Principium Est Ascension  Mors Principium Est Destroyer of All  Mors Principium Est The Meadows of Asphodel  Mors Principium Est Dead Winds of Hope 
О чем песня
Farhod va Shirin - Ota uyning ostonasi?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен