Sensiz (исполнитель: Benom)

«Bugun men yana keldim.
Senga uzoqdan termulib turibman.
Yoningga borgim kelyapti.
Yana o‘sha baxtli damlarimizga qaytgim kelyapti.
Afsus... Bunga endi men haqsizman,
Chunki endi biz – begonamiz.»

Shoshilib-shoshilib yurak sening tomon [bad word] sindirdi butkul.
Sog‘inib-sog‘inib sen ham meni bir bor
Yana yonimga qaytsang bir kun.
Qaniydi qora ko‘zlaringga yana takror
To‘yib-to‘yib qarolsam tinmay.
Qaniydi unutib mendan kechgan kuning,
Yana yoningga qaytsam bir kun.

Qorong‘u yulduz,
Dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas,
Ishon, osonmas.
Qanday, ayt, endi
Yasharman yolg‘iz?
Yuragim ko‘nmas,
Yurak ishonmas.

«Ojizman,
Seni unutish qo‘limdan kelmadi.
Ko‘p urindim, negadir hamma urinishlarim
Seni sog‘inaverish bir yakunini berardi.
Bilasanmi, hozir qanchalar xohlayapman
Seni qaytarishni?
Sen esa, balki, meni unutib bo‘lgandursan,
Axir ayrilganimizga yillar bo‘ldi.
Shu onda senga bir gapni aytgim keladi –
Sensizlik osonmas ekan.»

Kunlarim ko‘milib yurar dardga yana,
Qayg‘ulardan ovunar tinmay.
Umidlarim so‘ngan, senga dard afsun bo‘lib,
Yashayapman armonga ko‘nmay.
Bilmadim, bu yuraksiz taqdir
Seni mendan nega uzoqlarga olib ketar?
Yaqinda his etgan baxtli kunlar o‘rniga
Xotiralarni solib ketar?

Qorong‘u yulduz,
Dunyo tor sensiz,
Yashash osonmas,
Ishon, osonmas.
Qanday, ayt, endi
Yasharman yolg‘iz?
Yuragim ko‘nmas,
Yurak ishonmas. (3x)
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Видео к песне:
Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Мишуров  Без рук-без ног  Москаля  Ты прости ты прости меня мама  Кавабанга глаза  Gumi montblanc  H1gh-давай залп за любовь  Сплин - Прочь из моей головы 
О чем песня
Benom - Sensiz?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен