My Life [demo version] (исполнитель: nepstr)
Hayot o’tib bormoqda, asta-sekin o’z yo’lida Har bir inson hayoti, taqdiri ham o’z qo’lida Kimdir tirik-chilik uchun yugurmoqda bozorga Kimdir esa kuzatamiz so’ngi manzil mozorga Mening hayotim esa, misli katta bir to’fon Bilmadim ana shundan, chiqamanmi men omon Hayotda men o’xshamadim akamga-yo ukamga Haqqim uchun kurashdim, bosh egmadim hech kimga Ma’lumotim oliymas, lekin so’zim ma’noli Kitob varaqladim, lekin bildim Navoiy Har-bir yozgan qatorim, bu yashagan kunlarim Kelajagimni o’ylab bedor o’tgan tunlarim Kimlar kuldi ustimdan, lek kulmadi do’stlarim Bora-bora barchasini titiratdi so’zlarim Hayolparast dedi meni, kimdir esa omadsiz Bilganimcha yaxshadim, 2-yilcha onasiz 15-yoshda ilk sevgim, 4-yil o’tdi javobsiz Menga rad etgan edi, kimlarga tegdi essiz Odamlarga tushunmadim, pul desa tomdan tashar Nahotki bu odamzod, faqat pul uchun yashar Insoniyilik tushuncha, mehr-oqibat qani Hech kim ko’rmas bir-birin, g’aflat bosgan hammani Pul ayirar otani, jigarbandi o’g’lidan Do’stlar-do’stini sotar, ulfat topib o’g’ridan Vijdon neligin bilmas, najot yo’qdir nidodan Shunchalika ham bordi, hatto qo’rqmas xudodan Yuragimda to’la dard, qalbim to’rida alam Barchasiga guvoh bo’lgan, oq qog’oz-u bu qalam O’tgan kunim sanadim, yillar o’tar birma-bir O’zligim yo’qotmadim, so’ngi najodim sabr Ishonaman hayotimda [bad word] kunlar ham bo’lar Umid bo’lsa yurakda, bir kun cho’ntak ham to’lar Kimdir ko’tarar hayot, kimdir yiqilar pastga Hayot davom etmoqda, to’xtamayin bir pastga Og’ir kunda “Jamoa” oshna-ulpat yonimda Tashlab qo’ymadi hech ham, meni bu ahvolimda Hayot uchun kurashaman, intilaman oldinga Katta-katta orzularni, qo’yib men o’z oldimga Intilish va harkat, keyin bo’lar barakat O’zligingni yo’qotmasang, yo’ling toparsan albat. (bat bat (эхо)