Sen Meniki Emasan (LazizNz) (исполнитель: Ummon)
So`nggi payt Kechalari qo`ng`iroq qilsam, doim bo`lar band, Ko`nglim negadir g`ash, balki ko`nglim haq, balki nohaq. Bormi o`zi ko`zlaringda haqiqat? Yo shunchaki o`tkazmoqdamizmi vaqt? Xat yozib boshladim ololmaganimdan keyin javob, Nega mani yo`nalishimga javob bermayapsan desam, Deydi: “Bor yonimda odam, Dugonam bilan sirlashib yotibman”. Bu sirlaring kim haqidaligini bilaman, San mani aldama, aldashga urinma. Kim u, qayda ishlashini ham bilaman, Yurak yig`la mayli, lekin zabon indama. Qani bu yolg`onlar qaygacha borar ekan, Vijdon degani oz bo`lsa ham qiynalarmikin? Ko`ramiz nima foyda topa olar ekan, Yutarmikin yoki yutkazarmikin. Alamlar ezardi, axir bilaman bu haqiqatni, Alamlar ezardi, nega bunchalar soxtasan? Axir go`l emasman, hammasidan boxabarman, Agar o`ylab ko`rsam, sendayin qizga mos emasman. Sen meniki emassan, Sen meniki bo`lmaysan hech qachon. Tuyg`ular jon bera boshladi, Ko`ngil yomon og`riy boshladi. (x2) Ha, hammasidan xabarim bor, Yashirishdan foyda yo`q, tan ol. Ol hamma narsalaringni, olib ket, Borib unga endi mani yo`qligimni ayt. Bor, yugur endi u tomon, Axir ustimdan yurarding qilmasdan or. Ha yuragim tor, sandan boshqasi sig`masdi, Bor, yuragi kenglarga bor. San birinchi ko`rishgan kuning u bilan, Ishonch chizig`ini kesib o`tgan kuningdan, Yuzimga qo`yding oyoq deb hisoblayman Va sani [bad word] ham istamayman. Bahonalaringni borib, endi unga ayt, Kechirim so`rama, sanda o`zi bormi bet? Xiyonatingni qaysi ahmoq kechirarkin? Endi sani mandayin kim sevarkin? Aldab yurgan lablaridan, O`zini tutishi, gaplaridan, Uzoqlashib qolganidan, Sezardim yolg`onlarini. Yuragim xasratlaridan, Ochib yurgan avratlaridan, Qimmatbaho zanjirlaridan, Sezardim yolg`onlarini. Sen meniki emassan, Sen meniki bo`lmaysan hech qachon. Tuyg`ular jon bera boshladi, Ko`ngil yomon og`riy boshladi. (x2)