Отсутствует (исполнитель: Неизвестен)

Yomg'ir loyga yoqqan zamonda,
Suvlar soyga oqqan zamonda.
Boylar boyga boqqan zamonda,
Menga qarab kulgan yo'qchilik.

Iligimni so'rib ilkimning,
Sarg'aytirgan guldek singlimni.
Erta ulg'aytirgan o'g'limni
Jigarimni tilgan yo'qchilik.

Dada balkim sizni o'limdan,
Asrash kelarmidi qo'limdan.
Silab siltab eski to'nimdan,
Meni yetim qilgan yo'qchilik.

Minnatli osh bu sochma o'qdek,
Ich-ichingni kuydirar jo'gdek.
Qorin ochu nazarim to'qdek,
Meni aziz bilgan yo'qchilik.

To'g'ri nima kelsa hudodan,
Da'voim yo'q eski dunyodan.
Taskin shuki Odam atodan,
Menga me'ros qolgan yo'qchilik.

Yomg'ir loyga yoqqan zamonda,
Suvlar soyga oqqan zamonda.
Boylar boyga boqqan zamonda,
Menga me'ros qolgan yo'qchilik.

Boylar boyga boqqan zamonda,
Menga qarab kulgan yo'qchilik.
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Два красивых взгляда 2014 Murat YK  Гимн ЮИД минус Группа МЕТРО  Иисус мое сердце переполнено  Нано - Концерт Финальная Песня  Только позови В небе меня лови  Kotoura-san op Megumi Nakajima  ГДЕ МОИ ЧИКСЫ  Зачем лечила мне за две полоски Incognito 
О чем песня
Неизвестен - Отсутствует?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен