O'zbegim (исполнитель: Sherali Jo'rayev)
Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh [bad word] Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. So‘ylasin Afrosiyobu So‘ylasin O’rxun xati, Ko‘hna tarix shodasida Bitta marjon, o‘zbegim. Al [bad word] Al Xorazmiy, Al Forob avlodidan, Asli nasli balki O’zluq, Balki Tarxon, o‘zbegim. [bad word] nayzasidan Bag‘rida dog‘ uzra dog‘, Chingizu Botu tig‘iga Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim. Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy jadvalin, Sirli osmon tokiga ilk - Qo‘ydi narvon, o‘zbegim. Mir Alisher na’rasiga Aks-sado berdi jahon, She’riyat mulkida bo‘ldi Shohu sulton, o‘zbegim. Mirzo Bobur - sen, fig‘oning Olam uzra soldi o‘t, Shoh Mashrab qoni senda Urdi tug‘yon, o‘zbegim. Ortda qoldi ko‘hna tarix, Ortda qoldi dard, sitam, Ketdi vahming, bitdi zahming, Topdi darmon, o‘zbegim. Qayga borsam boshda do‘ppim, G’oz yurarman, gerdayib, Qayga borsang boshda do‘pping, G’oz yurasan, gerdayib, Olam uzra nomi ketgan O’zbekiston, o‘zbegim. Menga Pushkin bir jahonu Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Ko‘ksi osmon, o‘zbegim. Bo‘ldi osmoning charog‘on Tole xurshidi bilan, Bo‘ldi asriy tiyra shoming Shu’la afshon, o‘zbegim. Faxr etarman, ona yurtim, Ko‘kragimni tog‘ qilib, Ko‘ksida tog‘lar ko‘targan Tanti dehqon, o‘zbegim. Ko‘ksida tog‘lar ko‘targan Usta dehqon, o‘zbegim. O’zbegim deb keng jahonga Ne uchun madh etmayin! O’zligim bilmoqqa davrim Berdi imkon, o‘zbegim. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman, Men bashar farzandiman, Lekin avval senga bo‘lsam Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim. Bu qasidam senga, xalqim, Oq sutu tuz hurmati, Erkin o‘g‘lingman, qabul et, O’zbegim, jon o‘zbegim.