Отсутствует (исполнитель: Неизвестен)
Biz birga o`sdik, hatto bir zumga, Ham ajralmas edik ikkimiz. Opa-singil sho`x, sirlashib quvnoq, Baxtli o`tdi yoshligimiz, Mana bugun sen, oq libosni, Kiyib kelin bo`lding kuzatamiz. Kim o`ylabdi tez, o`tarkin yillar, Sensiz huvillar uyimiz. Naqorat: Xayr, opajonim, endi o`zga uyda qalbing, ko`zlaring, Hech bo`lmasin nam. Xayr opajonim, sevimli yor bo`lgin, Bo`lsin baxting tillodan. Onam yig`laydi, bosib bag`riga, Ozgalarga o`rganar qanday? Otam jilmayar, qoldi ko`ksida, Achchiq ko`z yoshini bildirmay. Naqorat: Xayr, opajonim, endi o`zga uyda qalbing, ko`zlaring, Hech bo`lmasin nam. Xayr opajonim, sevimli yor bo`lgin, Bo`lsin baxting tillodan...