Tazarru (исполнитель: Shohjahon Jo'rayev)

Kimdir mehrga zor, beg'ussadir kim.
Kimdir nafs ilkida bandi-qo'g'irchoq.
Shohidan uzilib to'kilarkan jim,
Havoda omonat titraydi yaproq, titraydi yaproq...
Tuyg'ular uch kunlik, yolg'on sadoqat.
Sochilgay orzular chun xazonrezgi,
Dillarni dillarga qilolmay payvand,
Toshyuraklar ichra sargardon sevgi, sargardon sevgi...
Kimdir tirnoqqa zor, kimdir etar xor.
Falak giryon-yig'lab kuzatar xazin.
Ehh shuncha hasratni ortqilab bedor,
Charx urib telbavor aylanar zamin...
Charx urib telbavor aylanar zamin...
Bilmay ovvoramiz kim mard, kim xoin.
Do'st deb yurganimiz g'anim chiqar goh.
Baht kimgadir armon, kimgadir o'yin.
Hayot kimga ermak, kimga sajdagoh...
Tillarda tovlanar [bad word] 
Hatolar tuzoqqa aylangan chog'i.
Vo ajab oyga ham solmishdir qutqu,
O'ylamay bosilgan qadamlar dog'i, qadamlar dog'i...
Kimdir tirnoqqa zor, kimdir etar xor.
Falak giryon-yig'lab kuzatar xazin.
 Ehh shuncha hasratni ortqilab bedor, 
charx urib telbavor  aylanar  zamin, aylanar zamin
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Видео к песне:
Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Cult of Luna Receiver  Cult of Luna Genesis  Cult of Luna The Watchtower  Cult of Luna Circle  Cult of Luna Further  Cult of Luna Eternal Kingdom  Cult of Luna Ghost Trail  Cult of Luna The Great Migration 
О чем песня
Shohjahon Jo'rayev - Tazarru?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен