Отсутствует (исполнитель: Неизвестен)

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini – (x2)
Biri manmanlikdir, ikkinchisi til,
To’xtatadi yurib turgan ishini. (x2)
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikkita do’sti bor erkak kishini -
Biri oilasi va xalol mehnat,
Shular bo’lsa egib yurmas boshini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki omadi bor erkak kishini -
Vafodor ayol va eng sodiq bir do’st,
Yo’qsa hayot sindiradi tishini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikkita qarzi bor erkak kishini -
Biri onasidan, biri vatandan,
Shu ishga sarflasin bilak kuchini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki boyligi bor erkak kishini -
Biri farzandidir, ikkinchisi bu
Xotirjamlik qaritmaydi yoshini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki qanoti bor erkak kishini -
Birinchisi iymon, keyin sog’likdir,
Shular keltiradi omad qushini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikkita baxti bor erkak kishini -
Ayol emas, erkak bo’lib tug’ilgan,
Ikkinchisi olar ayol hushini.
Ahad Qayum aytar biling, ey do’stlar:
Ikki ustuni bor ijod ahlini -
Biri chin muhlislar va iste’doddir,
San’atkor shulardan sezar baxtini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini -
Biri manmanlikdir, ikkinchisi til
To’xtatadi yurib turgan ishini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…
Послушать/Cкачать эту песню
Mp3 320kbps на стороннем сайте

Открытка с текстом :
Удобно отправить или распечатать
Создать открытку
У нас недавно искали песни:
Баста чк (чистый кайф)  Slow Club Sorry About The Doom  Slow Club Apples And Pairs  Slow Club Our Most Brilliant Friends  Брат песня  Slow Club Not Mine To Love  Slow Club Complete Surrender 
О чем песня
Неизвестен - Отсутствует?
2020 © Tekstovoi.Ru Тексты песен